Xayolimda yana gumonlar
Yurak urar duv-duv
Kerakmidi shu deb
Hissiyotga to‘lganda qalbim
Jonim qilar talab
Borim mani san deb
Ta’min sezaman har xil sezimni
Topdimmu yo‘qotdimmu o‘zimni
Qayg‘u yo quvonch, yosh-u ko‘zimmi?
Bilolmayman
Sevgi bu osmonu falak
Yo kapalak
Yo ki u xazonu halak
Kul edur yoki emas u
Menga kerak
Orzu tilak
Olovda yongan u yurak
Jin yo malak…
U siz menga yo‘qdir ma’no
Qalbimga U berar davo
Tinglar U kun-u tun jim faryodim
Ko‘nglim U siz bo‘lar xavotir
Tirnaganda o‘ylar og‘ir
Aks etadi ruhimda sadosi
Sevgi bu osmonu falak
Yo kapalak
Yo ki u xazonu halak
Kul edur yoki emas u
Menga kerak
Orzu tilak
Olovda yongan u yurak
Jin yo malak…